Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Nasiba Niyazovaning hammualliflikdagi maqolasi “Scopus» (Q2) nashrlar ma’lumotlar bazasida indeksatsiya bo‘ldi

Toshkent davlat yuridik universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori v.b. Nasiba Niyazovaning hammualliflikdagi “Journal of Internet Services and Information Security”» (JISIS) jurnalidagi “Secure Data Transmission in VANETs for Philological Field Expeditions and Mobile Language Labs” nomli maqolasi (Volume 15, Issue 2, 2025) “Scopus” (Q2) nashrlar ma’lumotlar bazasida indeksatsiya bo‘ldi.

Ushbu maqolada mahalliy xalqlarning yo‘qolib borayotgan tillari va bilim sohalarini hujjatlashtirishda muhim rol o‘ynaydigan filologik tadqiqotlar haqida so‘z yuritiladi. Unda filologiyaning muayyan sohasi uchun ishlab chiqilgan keng qamrovli, yengil gibrid xavfsizlik infratuzilmasi taklif etilgan bo‘lib, filologik sohaning xavfsizlik talablari: maxfiylik, yaxlitlik, autentifikatsiya va foydalanish imkoniyati ta’kidlanadi.

Shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan integratsiyalashgan tahdidlarni aniqlash tizimidan foydalangan holda mobil filologik ekspeditsiyaning kontekstga bog‘liq modelini ishlab chiqish haqida ma’lumot beriladi.

Maqola bilan tanishish… (https: //www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57215835011&origin=recordpage)
(https://jisis.org/article/2025.I2.059/72091/)

Hodisalar

Barcha e'lonlar