Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU faxriy professor-o‘qituvchilari Bosh prokuratura muzeyiga tashrif buyurdi

Toshkent davlat yuridik universiteti faxriy professorlari va ularning oila a’zolari huquq-tartibot sohasidagi tarixiy meros bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida faxriylar prokuratura tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tarixiy faoliyati, qonunchilikdagi muhim islohotlar va tarixiy shaxslar haqidagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. Ustoz yuristlarga prokuratura tizimining bugungi zamonaviy faoliyati, jamoatchilik bilan ishlashdagi yondashuvlar haqida ham ma’lumotlar beriladi.

Samimiy va ko‘tarinki o‘tgan tadbirda faxriy professorlar huquqiy sohada to‘plangan boy tajribalar bilan o‘rtoqlashish va kelajak avlodga ma’naviy-ma’rifiy meros qoldirish borasida fikr almashdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar