Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ommaviy huquq fakulteti jamoasi — “Toʻmaris izdoshlari” sport musobasi g‘olibi

Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilani mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Toʻmaris izdoshlari” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa talaba-qizlar har sport turlari bo‘yicha mahoratlarini namoyish etdi.

Musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin – Ommaviy huquq fakuleti;

2-o‘rin – Jinoiy odil sudlov fakulteti;

3-o‘rin – Xususiy huquq fakulteti.

G‘olib va sovrindorlarga mos ravishda darajali diplom hamda 4 million so‘m, 2 million so‘m, 2 million so‘m miqdorida pul mukofoti topshirildi.

Shuningdek, musobaqa ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandi:

• “Estafeta sardori” — Odina Ermatova, Xususiy huquq fakulteti talabasi;

• “Tezlik malikasi” — Yulduz Qoʻzimurodova, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi;

• “Mo‘ljal ustasi” — Dilnura Komilova, Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi;

• “Mohir mergan” — Sevara Egamberdiyeva, Ommaviy huquq fakulteti talabasi;

• “Shiddatli boshqaruv” — Durdona Ma’murjonova, Xususiy huquq fakulelti talabasi.

• “Birinchi yordam sardori” — Gulasal Shohnazarova, Ommaviy huquq fakulteti talabasi;

• “To‘maris obrazi” — Barchinoy Choriyeva, Xususiy huquq fakulteti talabasi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar