Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU talabasi bo‘lishni istagan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat!

Siz Bilim va malakalarni baholash agentligi orqali o‘tkazilgan test sinovlari yoki o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkazilgan test sinovlaridan yetarli ball to‘play olmadingizmi?

Unda sizga shuni ma’lum qilamizki, Toshkent davlat yuridik universitetida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi — kontrakt.edu.uz ishga tushirilgan.

Mazkur tizim orqali abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini bilishi va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ariza topshirishi mumkin. Buning uchun ular yuqoridagi axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishi va tegishli maʼlumotlarni kiritishi kerak.

Hurmatli fuqarolar va abituriyentlar!

Sizni tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qishingizni va’da qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat yuridik universitetida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun joylar soni cheklanmagan. Siz faqat belgilangan muddatlarda ariza qoldirsangiz kifoya.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish kirish uchun istalgan savollaringiz bo‘lsa, universitetning Qabul jarayonini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.