Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Olima ayollar taqdirlandi

Toshkent davlat yuridik universitetida ilm-fan, huquq, innovatsiya va davlat boshqaruvi sohalarida faoliyat olib borayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, olima ayollar va ilmiy izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlarning mehnatini, ularning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etish va rag‘batlantirish maqsadida “Olima xotin-qizlar doim e’zozda” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., yuridik fanlari doktori, professor Islambek Rustambekov so‘z olib, universitetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning jamiyatimiz ravnaqiga qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida e’tirof etdi.

Shuningdek, I.Rustambekov TDYUda ayollarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berib, bu sa’y-harakatlar kelgusida ham uzluksiz davom ettirilishini ta’kidladi.

Tadbir davomida ilmiy tadqiqotlar, huquqiy izlanishlar, texnologik innovatsiyalar va jamiyatni ijobiy o‘zgarish sari yetaklayotgan loyihalar mualliflari, ilg‘or tadqiqot ishlari va innovatsion yondashuvlari bilan ajralib turgan olima xotin-qizlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar