Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Murod Oʻrazaliyev TDYU kasaba uyushmasi raisi etib saylandi

Toshkent davlat yuridik universitetida universitet rahbariyati hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi TDYU Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yildagi ijrosi yuzasidan mehnat jamoasi yig‘ilishi va hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.

Hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari O.Mirzayev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi yuridik bo‘lim mudiri X.Premkulov, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi raisi O.Nastinov, TDYU rahbariyati, Faxriylar kengashi, Xotin-qizlar qoʻmitasi a’zolari, M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey mutasaddilari hamda universitet tarkibiy bo‘linmalaridan delegatlar ishtirok etdi.

Konferensiyada delegatlar kasaba uyushma qoʻmitasi a’zolari va raisining vakolatlari tugashi munosabati bilan yangi muddatga tarkiblarni ham saylashdi.

Ovoz berish natijalariga koʻra, kasaba uyushmasi qo‘mitasi 7 kishidan iborat tarkibda saylangan boʻlsa, Murod Oʻrazaliyev TDYU kasaba uyushmasi raisi lavozimiga qayta saylandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar