Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda ta’lim dasturining yillik monitoringini o‘tkazish bo‘yicha trening tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universitetida ta’lim dasturlarining sifatini yanada oshirish va xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish doirasida ta’lim dasturlari rahbarlari tayinlanib, ularning vazifalari belgilangan.

Shu munosabat bilan ta’lim dasturining yillik monitoringini o‘tkazish bo‘yicha trening tashkil etildi.

Transformatsiya bo‘limi va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan ta’lim dasturlarining rahbarlari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotni xalqaro standartlar va akkreditatsiya bo‘yicha rektor maslahatchisi Kitching Metyu Jon olib bordi.

Treningda Toshkent davlat yuridik universitetining yillik va davriy monitoring haqida nizomni qo‘llash masalasi, xususan, ta’lim dasturi rahbari va jamoasi tomonidan ta’lim dasturlarining yillik monitoringini olib borish tartibi muhokama qilindi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar