Университет
Вакансии
Образование Научно-инновационная деятельность
Международная деятельность
I-II квартал 2024 года
Студенческая жизнь Прием 2024 SDG
Русский
Oʼzbekcha English
Network error!
Network error!

Ilmiy nashrlar

Toshkent davlat yuridik universiteti muassisligidagi “Юридик фанлар ахборотномаси – Вестник юридических наук – Review of law sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ1990-son hamda 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ2932-sonli qarorlariga muvofiq tashkil etilgan.

Jurnaldan o‘zbek, rus va ingliz tilidagi maqolalar o‘rin olgan.

Jurnalning asosiy maqsadi aholining huquqiy madaniyatini oshirish, davlat boshqaruvi, sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy va yurisprudensiyaning boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalarini aholiga yetkazish hisoblanadi.

Jurnal ixtisoslashuvi: ilmiy -amaliy huquqiy.

Jurnalning davriyligi: 3 oyda bir marta (yiliga 4ta son).

Bosh muharrir - yu.f.d., prof. Xakimov Rahim Rasuljonovich.

Bosh muharrir o’rinbosari – yu.f.d., prof. Salaev Nodirbek Saparbayevich.

Jurnal tahririyatining joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy. Indeks raqami 100047.

Veb sayt: http://www.tsul.uz

Е-mail: lawjournal@tsul.uz


"O‘zbekiston qonunchiligi tahlili" jurnali

“O‘zbekiston qonunchiligi tahlili” ilmiy tahliliy jurnali 2004-yildan beri nashr etilib, hozirda o’zining nizomi (TDYU rektorining 2014-yil 3-fevraldagi 08-25-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan) va 02-0074-raqamli litsenziya asosida faoliyatini olib bormoqda.

“O‘zbekiston qonunchiligi tahlili” ilmiy tahliliy jurnali Oliy attestatsiya komissiyasining ilmiy tadqiqot natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan

Tahrir hay’ati: “O‘zbekiston qonunchiligi tahlili” ilmiy tahliliy jurnali tahrir hay’ati respublika va TDYUning huquq sohalaridagi yetuk olimlari va mutaxassislaridan tarkib topgan.

Bosh muharrir – yu.f.d., prof. Gulyamov Said Saidaxrarovich

Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

1. Maqola huquq sohasining ma’lum bir tarmog‘iga mosligi.

2. Maqola mavzusidan kelib chiqqan holda, yoritilayotgan sohaning fan doktori yoki jurnal tahririyat hay’ati a’zosining taqrizi mavjudligi.

3. Maqola nomi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida): markazdan, maqola muallifi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan so‘ng joylashtitiladi.

4. Maqola nomidan so‘ng o‘zbek, rus va ingliz tillarida maqolaning qisqacha annotatsiyasi (rezyumesi) va kalit so‘zlari beriladi.

5. Maqola so‘nggida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati keltiriladi.

6. Maqolada ilmiy muammoning qo‘yilishi, materialning nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puhtaligi, manbalarning ishonchliligi, muammo, taklif va hulosalarning asosliligi.

7. Ilmiy maqola kamida 0,25 b.t. hajmda, orfografik va stilistik xatolardan holi bo‘lishi hamda plagiat holatlari uchramasligi kerak.

8. Havolalar foydalaninlgan asosiy adabiyotlar ro‘yhati ketma-ketligida taqdim qilinadi.

9. Ilmiy maqola А4 formarda, Times New Roman 14 shrift, 1,5 interval, abzats 1,25, tepa va pastdan 2, chapdan 2,5, o‘ngdan 1,5 sm joy ajratilgan holda tayorlanishi lozim.

 Maqolalarni taqrizdan o‘tkaizsh: Nashr uchun topshirilayotgan maqolalar, maqola mavzusi tegishli bo‘lgan huquq sohasidagi etuk olim (yu.f.d.) tomonidan nashrga tavsiya etilgan bo‘lishi talab qilinadi. Nashrga tavsiya etish cuhun qabul qilingan maqolalar Tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va hay’at tomonidan nashrga tavsiya etilgan maqolalar jurnalning tegishli sonida chop etiladi.

Aloqa: Bosh muharrir – Gulyamov Said Saidaxrarovich, 2336636 (1073), Bosh muharrir o’rinbosari – Rustambekov Islambek Rustambekovich 2336636 (1074)

"Jamiyat va huquq" jurnali

 “Jamiyat va huquq” yosh olimlar ilmiy maqolalar to‘lami TDYU Yosh olimlar kengashi qoshida, TDYU rektorining 2014-yil 10-dekabrdagi 08-244-son buyrug‘i asosida tashkil etilgan.

“Jamiyat va huquq” to‘plami quyidagi ruknlarga ega: Davlat-huquqiy faoliyat, Xalqaro-huquqiy faoliyat, Fuqarolik huquqiy faoliyat, Tadbirkorlik-huquqiy faoliyat, jinoyat-huquqiy faoliyat.

To‘plam yiliga ikki marotaba, 100 ta nusxada nashr etiladi.

 Tahrir hay’ati

“Jamiyat va huquq” to’plami tahrir hay’atini TDYU Yosh olimlar kengashi a’zolari tashkil qiladi. Bosh muharrir TDYU Yosh olimlar kengashi raisi Rustambekov Islambek Rustambekovich – yu.f.n., dots.

 Maqolalarga qo‘yiladigan talablar

Maqolalar 4 betdan kam bo‘lmaga hajmda bo‘lishi kerak. Maqola dolzarb huquqiy muammoni ko‘rib chiqish va tahlil qilishga bag‘ishlanishi, uning matni izchil, tizimli bayon qilinishi, plagiat holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi, betlar bo‘yicha havolalarga ega bo’lishi kerak. Maqola Times New Roman 14 shriftda, 1,5 abzatsda rasmiylashtiriladi.  

 Taqrizga bo’lgan talablar: Maqolaga, maqola mavzusi sohasidagi olim (yu.f.n., yu.f.d.) taqrizi havola etilishi kerak. Shuningdek, maqola kafedra bayonnomasi bilan ham nashrga tavsiya etilishi mumkin.

 Aloqa: Bosh muharrir – Islambek Rustambekov, tel. 2336636, Muharrir – Xilola Saloyeva, tel. 2336636