Университет
Вакансии
Образование Научно-инновационная деятельность
Международная деятельность
I-II квартал 2024 года
Студенческая жизнь Прием 2024 SDG
Русский
Oʼzbekcha English
Network error!
Network error!

Toshkent davlat yuridik univeristeti (TDYU) Yosh olimlar kengashi yosh olimlarni o‘zaro birlashtirish va ularning ilmiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.  

TDYU Yosh olimlar kengashi (YOK) – doimiy faoliyat yurituvchi kollegial organ bo‘lib, TDYUning yosh olimlari vakillaridan tashkil topgan va o‘z faliyatini jamoatchilik asosida olib boradi. 18-35 yishgacha bo‘lgan TDYU mustaqil izlanuvchilari, doktorantlari va professor-o‘qituvchilari, shuningdek bakalavr va magistratura talabalari YOK a’zolari bo’lib hisoblanadi.

YOK faoliyatining asosiy maqsadi yosh olimlar ilmiy manfaatlarini himoya qilish, yosh olim va mutahassislarning professional o‘sishi va jamoatchilik ishida faolligini oshirish,YOK uchun dolzarb bo‘lgan ilmiy muammolar echimini topishda birlashtirish, yosh olimlarning innovatsiya faoliyatini rivojlantirish, ularning ilmiy natijalarini ommalashtirish hamda yoshlarni ilmiy tadiqiqotlarga jalb etish hisoblanadi.

YOK faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • yoshlarni Universitetning ilmiy va jamoat ishlarida, ilmiy va ilmiy-metodik tadbirlarda faol qatnashishga jalb etish;
  • keng doiradagi yosh olimlarni jalb etgan holda milliy, xorijiy va xalqaro miqyosdagi dolzarb ilmiy muammolarni muhokama qilish uchun konferensiya, davra suhbati va ilmiy seminarlar tashkil etish va o‘tkazish;
  • yetuk milliy va xorijiy olimlar, amaliyotchilar va siyosatchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
  • yosh olimlar ilmiy maqolalari va tezislarini ilmiy jurnallar, to‘plamlar va boshqa nashrlarda chop etilishini tashkil etish;
  • huquq sohasida yosh olimlarning ilmiy va pedagogik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va natijalari haqida axborot almashinishini ta’minlash;
  • huquq sohasidagi ilmiy faoliyat bilan bog‘liq muammolarni hal etishga qaratilgan tajriba almashish mexanizmini joriy etish;
  • yosh olimlar faoliyatini (hizmat safarlari, konferensiyalarda ishtirok, maqola nashr etish va h.k.) qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy manbalarni (milliy va xorijiy grantlar, homiylik yordami) jalb etish;
  • yosh olimlar ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘lgan o‘quv va ilmiy-tadqiqot loyihalari to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatish;
  • huquq sohasida yosh olimlar natijalarini keng tarqatish va joriy etish;
  • Universitet yosh olimlari ijodiy va professional imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirish maqsadida qonun chiqaruvchi va huquq qo‘llovchi o‘rganlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

Yosh olimlar kengashi raisi: Achilova Liliya Ilxomovna - dotsent v.b, yuridik fanlar bo‘yicha PhD