Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi

Bizning maqsadimiz:

Biz universitet talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unligini ta'minlash, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz yuridik maslahatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishni maqsad qilganmiz.

Bugungi kunda biz dunyodagi yetakchi ta'lim va ilmiy muassasalari, xalqaro tashkilotlari va yuridik klinikalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Ular orasida Qirg‘iziston Respublikasi Yuridik klinikalar assotsiatsiyasi, Yevroosiyo fondi, BMT taraqqiyot dasturi USAID, AQShning Street Law Inc. Kompaniyasi, BMTning narkotik moddalar va jinoyatchilik nazorati bo‘yicha ofisi UNODC, BMTning rivojlanish dasturi UNDP va AQShning New York Cyracuse universitetlari bor. 

Yuridik klinika O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “ESTE PRIME”, Interlex advokatlik firmasi, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. 

Yuridik klinika jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz yuridik maslahatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishi da'vomida 2018-yilning yanvar oyidan 2020-yil noyabr oyiga qadar 1200 nafardan ortiq murojaatlarga javob berilgan. Bundan tashqari 2020-yilning aprel oyidan telegram ijtimoiy tarmog‘ida @Yuridik_klinika_bot orqali aholining 1500 dan ortiq huquqiy tusdagi savollariga javob berib kelinmoqda.

“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish-ustuvor vazifa” shiori ostida Yuridik klinika talabalari, professor o‘qituvchilar bilan birgalikda targ‘ibot tadbirlari, sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Bizning loyihalarimiz:

“Street law” loyihasi

– “ENG FAOL KLINSIST” ko‘rik tanlovi

“Qonunchilikdagi yangiliklar” 

– Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash 

– Onlayn murojaatlar bilan ishlash 

Bizning xodimlarimiz:

Yuridik klinika boshlig‘i.

Narziev Otabek Sa’diyevich

Yuridik klinika uslubchisi

Ubaydullaev Doston Abduniyoz o‘g‘li

Yuridik klinika uslubchisi

Shamsiddinov Muhriddin Husniddin o‘g‘li

Yuridik klinika uslubchisi

Jamoliddinov Najmiddin Nizomiddin o‘g‘li

Yuridik klinikaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram: http://t.me/TDYU_yuridik_klinikasi, @Probonouz_bot

Instagram: https://instagram.com/tsul_legal_clinic?igshid=1e41daomut3o

Facebook: https://www.facebook.com/tsullegalclinic/

TikTok: https://www.tiktok.com/@tdyu_yuridik_klinikasi/

Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC4uvuX9DE2fSt6KZUxihMNA

Qabul vaqti: Dushanba – juma kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha 

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYuU 1-o‘quv binosi, 124-xona

Murojaat uchun telefon: 233-66-36, 1114 (ichki) 

Elektron pochta: lawclinic@tsul.uz 

Hozirgi kunda Yuridik klinika tomonidan talabalar bilan seminar-treninglar, sayyor qabullar olib borilmoqda.