Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xorijiy fuqarolar to‘plangan ballarning reyting tizimi asosida belgilangan o‘rinlar soniga muvofiq TDYU magistraturasiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Suhbat Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

Suhbat o‘tkazish muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumot TDYU tomonidan uning rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilishidan kamida 1 oy oldin e’lon qilinadi.

Suhbat:

yurisprudensiya sohasida professional bilim va ko‘nikmalarini (nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni tizimlashtirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga, huquqiy manbalar bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qo‘llash ko‘nikmalari, aniq huquqiy qarorlarni qabul qilish uchun mavjud dalillar va holatlarni yuridik jihatdan to‘g‘ri baholashga bo‘lgan qobiliyatning mavjudligi);

ilmiy tadqiqot olib borishga bo‘lgan qobiliyatni (tahlil qilish, fikrlash, shuningdek, yurisprudensiyaga oid muammolarni aniqlay olish, ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish, asosiy ilmiy tushunchalar va ilmiy-tadqiqot ishlari usullarini tushunish qobiliyati);

salohiyat darajasini (bilim va uquvni takomillashtirish, muammolarni hal qilishga noan’anaviy yondashuvi, o‘z ustida ishlash va malakani oshirishga bo‘lgan intilish, kasbiy kamolotga erishish maqsadida shaxsiy imkoniyatlarini maksimal darajada kengaytirish qobiliyatining mavjudligi, shuningdek jamoada ishlay olishi va yetakchilik sifatlarining mavjudligi);

odob-axloq qoidalari va prinsiplarini (ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va masalalarga qiziqish, o‘z pozitsiyasi va fikrini ko‘rsata olish va shu asosda harakat qilish qobiliyati, yolg‘on va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, bag‘rikenglik, yuksak odob-axloq me’yorlarini, qadriyatlarni namoyon qilishning mavjudligi) aniqlash uchun o‘tkaziladi.

Xorijiy fuqarolarni magistraturaga o‘qishga qabul qilish uchun suhbat zaruratga ko‘ra, masofaviy (onlayn) tartibda o‘tkazilishi mumkin.