Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
                    

TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish test sinovlarisiz, TDYUda o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra va reyting tizimiga muvofiq to‘plangan ballarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

TDYU bakalavriatida o‘qish uchun hujjatlarni topshirgan xorijiy fuqarolar, ularning dunyoqarashi, kasbiy layoqati va motivatsiyasi, umumiy intellektual va ma’naviy-axloqiy darajasini aniqlash nuqtai nazaridan suhbatdan o‘tkaziladi.

Suhbat Adliya vazirligi bilan kelishgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

Suhbat o‘tkazish muddatlari to‘g‘risida ma’lumot TDYU tomonidan uning rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilishidan kamida 1 oy oldin e’lon qilinadi.

Xorijiy fuqarolar bilan suhbat bevosita yoki zaruratga ko‘ra masofaviy (onlayn) tarzda amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:

jadval bo‘yicha suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi);

suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganda.

TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish uchun suhbatni qayta o‘tkazish taqiqlanadi.

Suhbat natijalari shikoyat qilinishi va apellatsiya tartibida ko‘rilishi mumkin emas.