Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti Vasiylik kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi PQ-2932-son qarori bilan tashkil etilgan.

Vasiylik kengashi TDYUga quyidagi ustuvor masalalarda har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashishi belgilansin:

bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha davlat, jamoat va biznes tuzilmalar bilan yanada samarali hamkorlikni amalga oshirish;

oliy yuridik ta’limni rivojlanishiga ko‘maklashuvchi yangi shakl, dastur va istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalar natijalarini qonunchilik faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotiga samarali joriy etish;

o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida hamkorlik kelishuvlarini tuzish amaliyotini rivojlantirish va ularni amalga oshirish;

ta’lim va fan sohasida xalqaro hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish;

TDYUning pedagog va boshqa xodimlarini mehnat sharoitlari va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash;

TDYUga moliyaviy yordam ko‘rsatishni tashkil etish, uning faoliyatini ta’minlash va rivojlantirish uchun budjetdan tashqari mablag‘lar, xayriya mablag‘larini jalb qilishga ko‘maklashish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlarida yuridik kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni chuqur tahlil qilish asosida yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtmani samarali shakllantirishni ta’minlash.

Toshkent davlat yuridik universiteti Vasiylik kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son Farmoni bilan quyidagi tarkibda tasdiqlangan:

A.N. Aripov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Vasiylik kengashi raisi

A.X. Saidov — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari

J.A. Qo‘chqorov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri

N.T. Yo‘ldoshev — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori

R.K. Davletov — O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

R.K. Davletov — O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

X.B. Yodgorov — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

K.F. Kamilov — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

P.R. Bobojonov — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

N.B. Xusanov — O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

S.M. Buzrukxonov — O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari

R.R. Xakimov — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori