Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

MA’LUMOT

1. Universitetda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishni ta’minlovchi mexanizmlar aks etgan huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi:

  • Universitet Kengashi qarori bilan “Toshkent davlat yuridik universitetining korrupsiyaga qarshi kurash dasturi (siyosati)”;
  • “Toshkent davlat yuridik universitetining 2020-2021 o‘quv yili uchun korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risida nizom;
  • “Xodimlar va talabalar (o‘quvchilar)ning Odob axloq kodeksi”;
  • “Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, doktorantlari va xodimlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to‘g‘risida”gi nizom.

2. O‘quv rejalar qayta ko‘rib chiqildi va keng jamoatchilik fikridan kelib chiqib “Yuristlar uchun xorijiy til” fani soatlari qisqartirildi, qiyinlik darajasi yuqori va o‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan o‘quv dasturi tubdan qayta ko‘rib chiqildi va soddalashtirildi.

3. Dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchilar darajasi (korrupsion holatlarga moyillligi, ochiq darslarni tashkil etgan holda komissiya xulosalari, talabalar so‘rovnomalar natijalari) tahlil qilindi

4. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida o‘quv jarayonlari to‘liq elektronlashirishni nazarda tutuvchi “Elektron universitet” 
(E-University) platformasini joriy etgan holda ochiq, shaffof, sub’ektivlik va suiiste’molchiliklardan xoli bo‘lgan ta’lim muhiti yaratildi:

  • talabalarning o‘qituvchi bilan vizual aloqani kamaytirishga, talabalarning bilimini anonim shaklda xolis tekshirishni ta’minlashga qaratilgan mexanizm yaratildi (platformada kafedralar tomonidan shakllantiriladigan savol va topshiriqlar o‘quv boshqarmada ma’lumotlar banki sifatida jamlanib, keyinchalik talabalarga imtihon va boshqa nazorat turlari jadvaliga muvofiq random tarzda (umumiy bazadan tavakkalchilik asosida saralanib) yetkaziladi. Talabalar, o‘z o‘rnida, yozma topshiriqlarni bajarib elektron tizim orqali topshiradi. Yozilgan ish muallifi haqidagi ma’lumotlar avtomatik shifrlanib professor-o‘qituvchilarga talabaning F.I.Sh. va boshqa ma’lumotlari yashirilgan holda tekshirish uchun taqdim etiladi).
  • imtihon natijalari va universitet faoliyatiga oid barcha jarayonlarni talabalar va ularning ota-onalariga, keng jamoatchilikka kuzatib borish imkonini beradi.
  1. Korrupsiya faktlari haqidagi ma’lumotlarni qabul qilish bo‘yicha qayta aloqa tizimini yaratildi. Bunda:
  • universitet rektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Telegram” messendjerida da @tsul_anti_corrup_bot orqali murojaat qilish imkoni yaratildi. Bu universitetda noqonuniy ishlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar holatlari haqida (anonim tarzda ham) xabar berish imkon yaratdi. Botga yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va murojaatchining shaxsi qat’iy sir saqlanadi;

- korrupsiya holatlari haqida xabar berganlar moddiy rag‘batlantiriladi;

  •  doimiy ravishda universitetning YouTube videoxostingidagi rasmiy kanali orqali Onlayn brifinglar, “Rektor va yoshlar” kabi uchrashuvlar tashkil etilmoqda; Bunda talabalar (dekan va boshqa rahbarlar ishtirokisiz) to‘g‘ridan-to‘g‘ri rektorga murojaat qilish imkoni mavjud. 
  •  talabalar o‘rtasida korrupsiya masalalari bo‘yicha tizimli asosda so‘rovlar o‘tkazib borilmoqda va ularning natijalari bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
  1.  Imtihon jarayoni ustidan jamoatchilik nazoratiamalga oshirish mexanizmlari joriy etildi. Jumladan, 2019/2020 o‘quv yili kuzgi semestr yakuniy nazoratlar o‘tkazilishi shaffofligini, ushbu jarayon ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida OAV vakillari, blogerlar va jamoatchilik vakillarining yakuniy nazoratlar jarayonini kuzatishi tashkil qilindi.
  2. Talabalar va xodimlar huquqlariga taaluqli barcha qarorlari muhokamasida ishtirok etish orqali universitet rahbariyati va mas’ul shaxslari o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarni hal etishga tezkor ravishda ko‘maklashovchi TDYU ombudsmani instituti (universitet ombudsmani ofisi) joriy etildi.
  3. Qabul jarayonlarida talabalarning to‘lov-kontrakt shartnomalarini olishda turli suiste’molchiliklar, tanish-bilishchiliklar, g‘araz niyatda bo‘lgan fuqarolarga aldanib qolish holatlarini oldini olish maqsadida “Marketing.Tsul.Uz” – talabalar to‘lov kontraktini elektron tarzda rasmiylashtirish bo‘yicha axborot platformasi yaratildi. Ushbu platforma orqali tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida to‘lov shartnomalarni rasmiylashtirish uchun mobil telefon orqali onlayn ariza qoldirish hamda kontraktni rasmiylashtirish mumkin. Shu bilan birga, “Marketing.Tsul.Uz” orqali talabalar o‘z shaxsiy hisob raqamidan tegishli ma’lumotlar olish imoniyatiga ega (to‘lovlar tarixi, qoldiq, qarz).
  4. Universitetga yangi ishga qabul qilinayotgan xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlovlar ochiq va adolatli o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratish maqsadida ishga qabul qilish jarayonlari ijtimoiy tarmoqlar va jahon internet tarmoqlari orqali tanlov jarayoni (onlayn) translyatsiyasi amalga oshirilmoqda. Mazkur tanlovlar Adliya vazirligi, nodavlat-notijorat tashkilotlar, yoshlar ittifoqi vakillari, universitetning tajribali professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan komissiya tomonidan o‘tkazilmoqda.
  5. Xodimlar moddiy ta’minotining yaxshilanganligi ham korrupsion holatlarni oldini oladi. Boshqa oliy ta’lim muassasalaridan farqli tarzda TDYUda oylik ish haqiga (200 foizgacha miqdorda) maxsus ustama haqlar joriy qilingan. Bundan tashqari ular adliya organi xodimi sifatida toifa darajalari uchun hamda xizmat yillari uchun haq olishadi. Ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlar oshirilgan to‘lov kontraktdan tushgan mablag‘ hisobiga amalga oshiriladi.