Elektron arizalarni qabul qilish portali
TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmog‘i http://online.tsul.uz orqali topshiriladi.
Xorijiy fuqarolar aniq vaqt rejimida elektron shakldagi qabul qilish tо‘g‘risidagi arizani tо‘ldirib, unda: ta’lim yо‘nalishi, ta’lim tili va shakli; xorijiy fuqaro tomonidan oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki unda oliy ma’lumoti mavjud emasligi; xorijiy fuqaro suhbat о‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi xususida belgi kо‘rsatiladi.
Qabul qilish tо‘g‘risidagi elektron arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:
xorijiy fuqaroning pasporti yoki uning о‘rnini bosuvchi hujjat;
belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qо‘yilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan, о‘rganilgan fanlar va ular bо‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) kо‘rsatilgan ta’lim haqidagi hujjat;
Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyumga 200 nuqtadan kam bо‘lmagan) alohida fayl kо‘rinishida bо‘lishi kerak. Har bir fayl о‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
Arizani hujjatlar «PDF» (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari kо‘rinishida ilova qilingan holda jо‘natishga yо‘l qо‘yiladi.
TDYU magitsraturasiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmog‘i http://online.tsul.uz orqali topshiriladi.
Qabul qilish tо‘g‘risidagi elektron arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:
pasport (ID-karta) yoki uning о‘rnini bosuvchi hujjat;
oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan kо‘chirma — О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bо‘yicha о‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova.