Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xorijiy fuqarolarni о‘qishga qabul qilishda suhbat о‘tkazish tartibi va baholash mezonlari

Suhbat 1–25-avgust kunlari о‘tkaziladi.

Suhbat о‘tkazilishiga qadar maslahatlar tashkil etiladi, maslahatlar jadvali qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadi.

Suhbat natijalari xorijiy fuqaroga ballarni qо‘yishni (0 dan 100 gacha) nazarda tutadigan reyting tizimi bо‘yicha aniqlanadi hamda maxsus komissiya majlisining TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadigan bayonida qayd etiladi.

TDYU bakalavriatida о‘qish uchun hujjatlarni topshirgan xorijiy fuqarolar, ularning dunyoqarashi, kasbiy layoqati va motivatsiyasi, umumiy intellektual va ma’naviy-axloqiy darajasini aniqlash nuqtayi nazaridan suhbatdan о‘tkaziladi.

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:

jadval bо‘yicha suhbatga kelmaganda (0 ball qо‘yiladi);

suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball tо‘plaganda.

TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish uchun suhbatni qayta о‘tkazish taqiqlanadi.


  1. Xorijiy fuqarolarni о‘qishga qabul qilishda suhbat о‘tkazish tartibi va baholash mezonlari


Xorijiy fuqarolarni TDYU magistraturasiga о‘qishga qabul qilish uchun suhbat (keyingi о‘rinlarda — suhbat) 1–25-avgust kunlari о‘tkaziladi.

Suhbat:

yurisprudensiya sohasida professional bilim va kо‘nikmalarini (nazariy bilimlar va amaliy kо‘nikmalarni tizimlashtirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga, huquqiy manbalar bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qо‘llash kо‘nikmalari, aniq huquqiy qarorlarni qabul qilish uchun mavjud dalillar va holatlarni yuridik jihatdan tо‘g‘ri baholashga bо‘lgan qobiliyatning mavjudligi);

ilmiy tadqiqot olib borishga bо‘lgan qobiliyatni (tahlil qilish, fikrlash, shuningdek, yurisprudensiyaga oid muammolarni aniqlay olish, ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish, asosiy ilmiy tushunchalar va ilmiy-tadqiqot ishlari usullarini tushunish qobiliyati);

salohiyat darajasini (bilim va uquvni takomillashtirish, muammolarni hal qilishga noan’anaviy yondashuvi, о‘z ustida ishlash va malakani oshirishga bо‘lgan intilish, kasbiy kamolotga erishish maqsadida shaxsiy imkoniyatlarini maksimal darajada kengaytirish qobiliyatining mavjudligi, shuningdek jamoada ishlay olishi va yetakchilik sifatlarining mavjudligi);

odob-axloq qoidalari va prinsiplarini (ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va masalalarga qiziqish, о‘z pozitsiyasi va fikrini kо‘rsata olish va shu asosda harakat qilish qobiliyati, yolg‘on va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, bag‘rikenglik, yuksak odob-axloq me’yorlarini, qadriyatlarni namoyon qilishning mavjudligi) aniqlash uchun о‘tkaziladi