Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022/2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

1. Hujjatlar rо‘yxati va topshirish muddati

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar qabul komissiyasi tomonidan 2022-yil 15-may kunidan 25-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmog‘i orqali topshiriladi.

Xorijiy fuqarolar aniq vaqt rejimida elektron shakldagi qabul qilish tо‘g‘risidagi arizani tо‘ldirib, unda: 

·        ta’lim yо‘nalishi, ta’lim tili va shakli; 

·        xorijiy fuqaro tomonidan oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki unda oliy ma’lumoti mavjud emasligi; 

·        xorijiy fuqaro suhbat о‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi xususida belgi kо‘rsatiladi.

 

2. Hujjatlar rо‘yxati va topshirish muddati

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarning hujjatlari qabul komissiyasi tomonidan 2022-yil 20-may kunidan 25-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

TDYU magistraturasiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmog‘i orqali topshiriladi.