Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Hujjatlar ro‘yxati va topshirish muddati

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qishga kirish uchun har yili belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qishga kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti magistr.edu.uz maxsus dasturi orqali elektron ravishda kiritadi:
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) berilgan ta’lim muassasasi nomi, seriyasi, raqami;
xorijiy tilni B2 darajasida bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat;
davlat stipendiyalari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi hujjat — mavjud bo‘lganda.
Ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan muddatlarda Internet jahon axborot tarmog‘i qabul2022.tsul.uz orqali TDYU qabul komissiyasiga taqdim etiladi:
tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik ma’lumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar uchun o‘rnatilgan tartibda imzolangan va davlat organining blankida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan hamda elektron mehnat daftarchasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ilova qilingan tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi;
bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik texnikumlarda (TDYU huzuridagi akademik litseyda) kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun o‘rnatilgan tartibda imzolangan va yuridik texnikum (akademik litsey) blankida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan hamda elektron mehnat daftarchasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ilova qilingan yuridik texnikum (akademik litsey) direktorining tavsiyasi;
tegishli oliy ta’lim muassasasining buyurtmasiga ko‘ra bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun belgilangan tartibda imzolangan va oliy ta’lim muassasasi blankasida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan oliy ta’lim muassasasi rahbarining tavsiyasi;
xorijiy tilni B2 darajasida bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.