Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Shohruxbek Tillaboyev Butunjahon intellektual mulk tashkilotida amaliyot o‘tamoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi Shohruxbek Tillaboyev Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)da amaliyot o‘tamoqda.

Jeneva universiteti va BIMT Akademiyasi tomonidan tashkil etilgan yozgi maktab — “WIPO-Unige Summer School on IP 2024” doirasida tashkil etilgan amaliyotda dunyoning 14 mamlakatidan kelgan professor-o‘qituvchi va amaliyotchi yuristlar ishtirok etib, fikr va tajriba almashmoqda.

Mazkur amaliyot ishtirokchilari intellektual mulk bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Dastur doirasidagi seminar-trening va turli ma’ruzalarda patent va mualliflik huquqlaridan tortib savdo belgilari va geografik ko‘rsatmalargacha bo‘lgan intellektual mulk masalalari muhokama qilinmoqda.