Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Yuridik fanlar axborotnomasi” ro‘yxatdan o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universitetininig “Yuridik fanlar axborotnomasi – Вестник юридических наук – Review of law sciences” huquqiy, ilmiy-amaliy jurnali qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi. Jurnal OAK ro‘yxatiga kiritilgan.

Jurnalga maqolalar asosan ingliz tilida qabul qilinadi. Jurnal 3 oyda bir marta chop etiladi.

“Yuridik fanlar axborotnomasi – Вестник юридических наук – Review of law sciences” jurnali Digital Commons Uzbekistan milliy platformaning Uzbekistan Research online 2030 (uzjournals.edu.uz) saytiga, RINS (еlibrary.ru) va KiberLeninka (cyberleninka.ru) ma'lumotlar bazalariga joylashtiriladi hamda mazkur jurnalning har sonida nashr etilgan har bir maqola uchun alohida DOI raqamlar olinadi.

Bu muhim! Jurnal tahririyatiga nashr etish uchun topshirilgan ilmiy maqolalar tahrir hay'ati a'zolari tomonidan anonim ekspertiza (double-blind peer review)dan o‘tkaziladi va maqola ijobiy ekspert xulosasi berilgan taqdirdagina chop etiladi.

Eslatma! Tahririyatga taqdim etiladigan maqolalar tahririyat tomonidan ishlab chiqilgan talablar asosida rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. Talablarga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi va ekspertizadan o‘tkazilmaydi.

Talablarni qo‘yidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: Yuklab olish

E'tibor bering! Jurnalning 1-soniga maqolalar 2021-yil 15 fevraldan 28 fevralga qadar qabul qilinadi. Chop etilgan har bir maqolaga sertifikat beriladi.

Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan, mavzusi va yo‘nalishlari mos kelmaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Jurnal Toshkent davlat yuridik universitetining rasmiy veb-saytiga (http://www.tsul.uz) joylashtiriladi.

Ilmiy maqola matnini lawjournal@tsul.uz pochta manziliga yoki Tahririy-nashriyot bo‘limining (94) 659-82-91 telegram raqamiga yuborish lozim.
Muallif maqolada keltirilgan dalil va ma’lumotlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Koordinator: Hilola Saloyeva, TDYU Tahririy-nashriyot bo‘limi boshlig‘i
Ma’lumot uchun telefon raqami: (998 71) 233-66-36.


So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar