Toshkent
davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo'yicha
O'zbekistonda tayanch oliy o'quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi.
Oliygoh
tarixi, davlatimizda milliy huquqshunoslik maktabining rivojlanishi va Xadicha
Sulaymonova, Hojiakbar Rahmonqulov, Boris Blinder, Georgiy Sarkisyans, Anvar
Agzamxodjayev, Shavkat Urazayev, Shoakbar Shoahmedov, G'afur Abdumajidov, Ikrom
Zokirov kabi ko'zga ko'ringan yetuk huquqshunos-olimlar hamda milliy
huquqshunosligimizga katta hissa qo'shgan boshqa ko'plab huquqshunoslar nomlari
bilan chambarchas bog'liqdir.
1991-yil 15-avgustda Vazirlar Mahkamasining
qaroriga ko'ra Toshkent davlat universitetidan Toshkent davlat yuridik
instituti nomi bilan ajralib chiqdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil
28-iyundagi PQ–1990-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik instituti,
Toshkent davlat yuridik universitetiga aylantirildi.
Universitet o'z faoliyatini mustaqil o'quv va
ilmiy-izlanish muassasasi sifatida boshlaganidan to bugungi kunga qadar ko'p
yillik an'analarni o'zida saqlab kelgan holda, o'quv jarayoniga yangi pedagogik
texnologiyalarni faol tatbiq etmoqda. Qonun chiqarish va uni qo'llashning
dolzarb masalalari bo'yicha fundamental va ilmiy izlanishlar olib bormoqda
hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan keng
qamrovli ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni amalga oshirmoqda.
Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan
bakalavr, magistr, doktorant va mustaqil izlanuvchi darajasidagi mutaxassislar
tayyorlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
29-apreldagi “O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan
takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi
PF–5987-son Farmoniga muvofiq TDYU tashkiliy tuzilmasi qayta ko'rib chiqildi va
yangi fakultetlar va tarkibiy bo'linmalar tashkil etildi.
Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetida 6 ta fakultet faoliyat yuritmoqda.
Bular:
1. Ommaviy huquqiy
2. Jinoiy odil sudlovi
3. Xususiy huquq
4. Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
5. Magistratura va sirtqi ta'lim
6. Qo‘shma ta'lim dasturlari fakultetlaridir.
Universitetda 21 ta kafedra mavjud. Universitet
ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi 2025-yil sentabr holatiga ko‘ra, 53,9 foizni
tashkil etmoqda. Kelgusi 3 yil ichida ilmiy-tadqiqot ishlarini
qo‘llab-quvvatlash orqali ilmiy salohiyatni kamida 70 foizga yetkazish bo‘yicha
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun: bugungi kunda
universitetda professor-o‘qituvchilar soni (ichki va tashqi o'rindoshlar) 482
nafar bo‘lib, shundan ilmiy darajaga ega bo‘lganlar 260 nafarni tashkil
etmoqda. Bunda 94 ta fan doktori (DSc), 166 ta fan nomzodi va falsafa fanlari
doktori (PhD), 78 ta professor, 88 ta dotsent.
Universitetda o'quv jarayoni mamlakatimizda
yangi tizim bo'lgan kredit-modul tizimi asosida yo'lga qo'yilgan.
Talabalarning fanlarni tanlash imkoniyatini
ta'minlagan holda Yevropa kredit tizimi - ECTS (European Credit Transfer and
Accumulation System) joriy etildi.
Mazkur 2020/2021 o'quv yilidan boshlab
universitetda masofaviy ta'lim shaklida bakalavriat va magistraturaga qabul
amalga oshirilmoqda.
Universitetda “Ikki tomonlama diplom” (double
degree) taqdim etishni nazarda tutuvchi qo'shma ta'lim dasturlari joriy
etilmoqda.
Bugungi kunda Toshkent
davlat yuridik universitetining bakalavr bosqichida 9826 nafar talaba,
magistratura bosqichida esa 443 nafar talaba tahsil olmoqda.
Mashg‘ulotlar o‘zbek, rus
va ingliz tilida olib boriladi.
Qo'shma ta'lim dasturlari doirasida Belarus
Respublikasining Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan xalqaro
xususiy huquq, Qozog'iston Respublikasining M.S.Narikbaev nomidagi KAZGYU
universiteti bilan “Xalqaro iqtisodiy huquq” ta'lim yo'nalishi bo'yicha
bakalavrlar tayyorlash haqida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Turkiyaning Anqara Boyazid Yildirim
universiteti, Polshaning Varshava universiteti bilan qo'shma ta'lim
dasturlarini yo'lga qo'yish masalasida muzokaralar olib borilmoqda.
TDYUda shaffoflikni ta'minlash, talaba va
o'qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida o'quv jarayonini raqamlashtirish,
shu jumladan mashg'ulotlar jadvalini shakllantirish, imtihonlarni o'tkazish,
baholash, talabalar reytingini shakllantirish va elektron hujjat almashinuviga
o'tishni joriy etishni nazarda tutuvchi “Elektron universitet” (E-University)
platformasi ishga tushirildi. Ushbu platforma talabalar va ularning
ota-onalariga, keng jamoatchilikka universitet faoliyatiga oid barcha
jarayonlarni kuzatib borish va bevosita ishtirok etish imkonini beradi hamda
jarayonlarni ochiq va oshkoraligini ta'minlaydi.
Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi
kurashish universitetning eng asosiy vazifalardan biridir. Shu nuqtai nazardan
Universitetda Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi qabul qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Komissiyasi tuzildi. Shuningdek, Odob-axloq kodeksi ishlab chiqildi. Korrupsiya faktlari haqidagi ma'lumotlarni qabul qilish bo'yicha qayta aloqa tizimini yaratish, talabalar o'rtasida korrupsiya masalalari bo'yicha tizimli asosda so'rovlar o'tkazib borish va ularning natijalari bo'yicha amaliy choralar ko'rish, imtihon jarayoni ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari joriy etilmoqda.
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasida quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlanadi (o'quv muddati – 1 yil):
Xalqaro arbitraj
va nizolarni hal etish
Sport huquqi
Davlat
boshqaruvi huquqi
Biznes huquqi
Mehnat huquqi
Jinoyat
qonunchiligini qo'llash nazariyasi va amaliyoti,
Intellektual
mulk va axborot texnologiyalari huquqi
Tabiiy resurslar
huquqi
Moliyaviy-huquqiy
monitoring
Mediatsiya va
nizolarni muqobil hal etish usullari
Korrupsiyaga
qarshi kurashish va komplaens nazorati
OAV huquqi
Xalqaro tijorat
huquqi
Kiber huquqi
Xalqaro huquq va
inson huquqlari
Huquq
sohalari va huquqiy tahlil