Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUning xalqaro hamkorligi yanada kengaymoqda

Istanbul Aydin universiteti delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori v.b., yuridik fanlar doktori, professor Islambek Rustambekov, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti dekani, professor Dildora Umarxonova, Kiberhuquq kafedrasi mudiri, professor Said Gulyamov va Xalqaro boshqarma Tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i Bobur Uzakov, Istanbul Aydin universiteti va EURAS prezidenti Mustafo Aydin, prezident maslahatchisi Irem Arman, EURAS koordinatori Sabina Huseynova va Istanbul Aydin universitetining O‘zbekistondagi vakili Vasliddin Saidov ishtirok etdi.

Tadbirda ikki yetakchi oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari, akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda yozgi va qishki maktablar, turli ilmiy tadbirlar, jumladan, konferensiyalar, davra suhbatlarini tashkil etish, ERASMUS dasturlarida ishtirok etish, kiberhuquq sohasidagi startaplar va loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida TDYU, Istanbul Aydin universiteti va Kipr Ilim Universiteti o‘rtasida uch tomonlama anglashuv memorandumini imzolash va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va tajriba almashishga yordam beradigan almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy huquq fanlari, shu jumladan, xalqaro huquq va kiberhuquq bo‘yicha talabalar uchun intensiv ta’lim dasturlarni, huquq sohasida bilim va ilg‘or tajribalarni almashishga qaratilgan turli mamlakatlar ekspertlari ishtirokida qo‘shma tadbirlarni tashkil etish, hamkorlikda ta’lim imkoniyatlarini va xalqaro akademik mobillikni kengaytirish uchun ERASMUS grantlarini olish uchun qo‘shma arizalar topshirish, kiberxavfsizlik va raqamli texnologiyalarning huquqiy jihatlarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma innovatsion tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida Toshkent davlat yuridik universitetining yetakchi xalqaro oliy ta’lim muassasalari uyushmalaridan biri bo‘lgan EURAS (Yevrosiyo universitetlari ittifoqi)ga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ham muzokaralar o‘tkazilib, bu borada ham hamkorlik qilishga kelishildi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar