O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan viloyat akademik litseyida TDYU rektori v.b., professor Islambek Rustambekov ishtirokida “Rektor soati” tashkil etildi.
Tadbir doirasida litsey o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga ta’lim dasturlari, yuridik sohadagi imkoniyatlar va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda bo‘lajak huquqshunosning shaxsiy ko‘nikmalari haqida ma’umot berildi.
Shuningdek, uchrashuvda ota-onalar ham so‘z olib, litsey faoliyati bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir davomida litsey o‘quvchilari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini ham tashkil etildi.
Yakunda litseyning eng faol o‘quvchilari va “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari faxriy yorliq, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.