Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Sud hokimiyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Xalqaro anjumanda AQSH, Sloveniyadan tashrif buyurgan soha mutaxassislari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Toshkent shahar sudi, Toshkent viloyat sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yuristlar malakasini oshirish markazi vakillari, TDYU, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Konferensiyada mustaqil odil sudlovning xalqaro standartlari va sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish istiqbollari, mustaqil odil sudlovning xalqaro standartlari hamda bu borada Yevropa va AQSH tajribasi, odil sudlov samaradorligini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish masalalari, rivojlangan xorijiy davlatlarda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish masalalari hamda bu yo‘nalishda Yevropa va AQSH tajribasi, sudyalarni saylash va tayinlash, ularning vakolatlarini to‘xtatib turish va tugatish, sudyalarning intizomiy javobgarligi huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Qizg‘in munozara va muhokamalarga boy tarzda o‘tgan xalqaro anjuman doirasida sud hokimiyati faoliyatini takomillashtirish masalalariga oid qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar