Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Sirtqi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun tashkil etilgan “Tanishtiruv haftaligi” davom etmoqda

Haftalikning keyingi kunlarida talabalar uchun universitetning O‘quv-uslubiy boshqarmasi (Registrator ofisi) hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda TDYU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahror Hoshimxonov, O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofisi) boshlig‘i Sardor Bazarov, boshqarma hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirlar davomida talabalar O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofisi) hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, universitetda talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar, www.digital.tsul.uz platformasida ishlash, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish, to‘lov-kontraktlarni to‘lash tartibi, intensiv kurslar, universitetning Odob-axloq kodeksi, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida qilinayotgan ishlar, universitetda faoliyat yuritayotgan to‘garak va klublar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvlar doirasida turli interaktiv o‘yinlar tashkil etilib, ularning g‘olib va sovrindorlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Tanishtiruv haftaligi” davom etmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar