Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi kadrlar boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

“Karyera kuni” doirasida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Kadrlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, adliya kichik maslahatchisi Oybek Sultonov, Toshkent davlat yuridik universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahror Hoshimxonov, universitetning Bandlik (Karyera) bo‘limi xodimlari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda prokuratura organlari tizimi va ularning faoliyati, prokuratura tizimida ishlash istagidagi nomzodlarga qo‘yilgan talablar, ishga qabul qilish jarayoni, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar, “Bo‘lajak prokurorlar klubi”ga a’zo bo‘lish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofotining “Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olibi bo‘lgan “Tarixiy xotira beqiyos” nomli kitobining taqdimoti ham o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida talabalarning prokuratura tizimiga ishga qabul qilish va unda professional o‘sish imkoniyatlari haqidagi savollariga batafsil javob berilib, sohaga qiziquvchilarga qimmatli maslahatlar berildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar