Язык
Опыт
Дополнительная информация
Lavozimi:
Tug‘ilgan sanasi: 22.05.1986 y.
Xorijiy tillarni bilishi: o‘zbek va rus tillarida dars mashg‘ulotlarini olib boradi.
Ish tajribasi
Toshkent davlat stomatologiya instituti katta yuriskonsulti, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy tadqiqot instituti, xususiy firmalarda yuridik xizmat.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida fuqarolar murojaati bo‘yicha ishchi guruh a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.
Ilmiy faoliyati yo‘nalishi
Bugungi kunda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi 12.00.02 – «Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi» ixtisosligi bo‘yicha “Fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini amalga oshirishning konstitutsiyaviy huquqiy asoslari” nomli yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqot olib bormoqda.
O‘quv faoliyati
Konstitutsiyaviy huquq, Qiyosiy konstitutsiyaviy huquq, Mahalliy hokimiyat huquqi o‘quv fanlaridan ma’ruza, seminar va amaliyot mashg‘ulotlarini olib boradi.
Xalqaro faoliyati
Yuridik xizmat xodimi sifatida ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish bo‘yicha memorandum, hamda xalqaro shartnomalarni tuzishda faol ishtirok etgan.
Nashr qilingan asosiy ishlari
“TSUL Legal Report” xalqaro elektron ilmiy jurnali, “Yurisprudensiya” va “Yuridik fanlar axborotnomasi – Vestnik yuridicheskix nauk – Review of Law Sciences” huquqiy, ilmiy-amaliy jurnallarida ko‘plab maqolalari chop etilgan. 2 ta risola, 1 ta qo‘llanma, 1 ta monografiya muallifi.
1. Konstitutsionnie garantii prav grajdan na kvalifitsirovannuyu meditsinskuyu pomosh v Respublike Uzbekistan // Otechestvennaya yurisprudensiya. 2017. №9 (23).
2. Sovremennie tendensii v ponimanii prava cheloveka na zdorove // OII. 2021. №2/S.
3. Covershenstvovaniye konstitutsionno-pravovix garantiy obespecheniya prava grajdan na kvalifitsirovannoye meditsinskoye obslujivaniye v Uzbekistane // Review of law sciences. 2020. №Spetsvipusk va boshqalar.
Elektron bazadagi ma’lumotlar
1. https://cyberleninka.ru/article/n/konstitutsionnye-garantii-prav-grazhdan-na-kvalifitsirovannuyu-meditsinskuyu-pomosch-v-respublike-uzbekistan
2. https://cyberleninka.ru/article/n/sovremennye-tendentsii-v-ponimanii-prava-cheloveka-na-zdorovie
3. https://cyberleninka.ru/article/n/sovershenstvovanie-konstitutsionno-pravovyh-garantiy-obespecheniya-prava-grazhdan-na-kvalifitsirovannoe-meditsinskoe-obsluzhivanie