Language
Experience
Additional info
• Lavozimi: Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar nomzodi (PhD).
• Tug‘ilgan sanasi: 15.09.1979 y.
• Qaysi chet tillarini biladi:
rus, ingliz, fransuz, ispan tillari. Rus va O‘zbek tillarida dars mashg‘ulotlarini olib boradi.
Ish tajribasi:
Ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yuridik bo‘limidan boshlagan, keyinchalik Senat rahbariyati huzurida, hamda Senat Xalqaro aloqalar bo‘limida olib borgan. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov Komissiyasida xalqaro masalalar bo‘yicha ekspert bo‘lib ishlagan.
Ilmiy faoliyati yo‘nalishi:
Konstitutsiyaviy huquq, Parlament huquqi, Konstitutsiyaviy odil sudlov, Gender masalalari.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02 raqamli ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminar a’zosi.
O‘quv faoliyati:
Konstitutsiyaviy huquq, Parlament huquqi, Konstitutsiyaviy odil sudlov.
Xalqaro faoliyati:
Buyuk Britaniya Parlamentida amaliyot o‘tagan va Quyi palata (House of Commons) xalqaro bo‘limi tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan.
USAID tomonidan o‘tkazilgan “Gender v prave” treningida ishtiroki, “Street Law” dasturi bo‘yicha koordinatorligi natijasida maxsus sertifikatlarga ega bo‘lgan.
Ilmiy jurnallar, ilmiy kengashlar va ekspert kengashlarida ishtiroki:
Nashr qilingan asosiy ishlari:
Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan, ulardan ba’zilari Ispaniya, Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Qozog‘iston davlatlarida chop etilgan.