Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti kutubxonasi nafaqat talaba va xodimlar, balki barcha kitobxonlar uchun ochiqdir.

Hurmatli Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, bitiruvchilar va kutubxonamizga tashrif buyuruvchilar! Toshkent davlat yuridik universitetining Axborot-resurs markaziga xush kelibsiz! Siz talaba, xodim, universitet bitiruvchisi yoki oddiy kitobxon sifatida ham bizning kutubxona xizmatlarimizdan foydalanishingiz va kutubxonamiz a’zosiga aylanishingiz mumkin.

Siz quyidagi linklar orqali universitetimiz kutubxonasidan onlayn tarzda foydalanishingiz mumkin:

TDYU onlayn kutubxonasi (library-tsul.uz) — ushbu platforma orqali Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazida mavjud bo‘lgan barcha kitoblar, qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy ishlar va boshqalar bilan tanishishingiz mumkin.

TDYU bitiruvchilari va faxriylari

TDYU bitiruvchilari va faxriylari ham onlayn, ham oflayn tarzda Toshkent davlat yuridik universitetida yaratilgan kutubxona xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Onlayn tarzda foydalanishni istaganlar library-tsul.uz platformasi orqali o‘zlari uchun kerakli kitoblarni topishi mumkin.

Platformaga o‘tish…

Shuningdek, TDYU bitiruvchilari va faxriylari maxsus bot orqali kitoblarni onlayn tarzda buyurtma qilishi mumkin.

Onlayn buyurtma…

Universitet kutubxonasiga a’zo bo‘lgan holda ARM xizmatlaridan foydalanishni istaganlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport yoki ID) nusxasi, 2 ta 3x4 formatdagi suratlarini taqdim etib kutubxona a’zosi bo‘lishi mumkin.

Kutubxonaga onlayn a’zolik…

Maktab, litsey va yuridik texnikumlar o‘quvchilari

Maktab, litsey va yuridik texnikumlar o‘quvchilari ham onlayn, ham oflayn tarzda Toshkent davlat yuridik universitetida yaratilgan kutubxona xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Onlayn tarzda foydalanishni istaganlar library-tsul.uz platformasi orqali o‘zlari uchun kerakli kitoblarni topishi mumkin.

Platformaga o‘tish…

Shuningdek, o‘quvchilar platformadagi quyidagi linklar orqali o‘z yo‘nalishlaridagi kitoblarni topishi mumkin:

Bundan tashqari, o‘quvchilar maxsus bot orqali kitoblarni onlayn tarzda buyurtma qilishi mumkin.

Onlayn buyurtma…

Universitet kutubxonasiga a’zo bo‘lgan holda ARM xizmatlaridan foydalanishni istaganlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport yoki ID) nusxasi, 2 ta 3x4 formatdagi suratlarini taqdim etib kutubxona a’zosi bo‘lishi mumkin.

Kutubxonaga onlayn a’zolik…

Jamoatchilik vakillari

Jamoatchilik vakillari ham onlayn, ham oflayn tarzda Toshkent davlat yuridik universitetida yaratilgan kutubxona xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Onlayn tarzda foydalanishni istaganlar library-tsul.uz platformasi orqali o‘zlari uchun kerakli kitoblarni topishi mumkin.

Platformaga o‘tish…

Shuningdek, jamoatchilik vakillari maxsus bot orqali kitoblarni onlayn tarzda buyurtma qilishi mumkin.

Onlayn buyurtma…

Universitet kutubxonasiga a’zo bo‘lgan holda ARM xizmatlaridan foydalanishni istaganlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport yoki ID) nusxasi, 2 ta 3x4 formatdagi suratlarini taqdim etib kutubxona a’zosi bo‘lishi mumkin.

Kutubxonaga onlayn a’zolik…

Toshkent davlat yuridik universiteti kitobxonlarni qadrlaydi va ularning mutolaa bilan shug‘ullanishiga qulaylik yaratish maqsadida universitet saytida “Bizdan so‘rang!” xizmati uchun alohida sahifa yaratilgan.

Sahifaga o‘tish…

Kutubxona ish vaqti

Toshkent davlat yuridik universiteti kutubxonasi shahrimizning markazida, universitetning 3-binosida joylashgan. Universitet kutubxonasi kitobxonlariga qulaylik yaratish maqsadida 24/7 ya’ni har kuni 24 soat davomida faoliyat yuritadi. Talabalar va boshqa kitobxonlar xoh dam olish, xoh bayram kunlari bo‘lishidan qat’I nazar Toshkent davlat yuridik universiteti kutubxona xizmatlaridan bemalol foydalanishi mumkin. 

Bepul Wi-Fi imkoniyati

Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurganlar, ular xoh talaba, xoh boshqa kitobxonlar bo‘lsin, “TSUL Library” Wi-Fi manziliga ulanishi hamda yuqori tezlikdagi internetda bepul foydalanishi mumkin.

Kompyuter tizimi

Toshkent davlat yuridik universiteti kutubxonasi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. Ushbu kompyuterlar xalqaro ma’lumotlar bazalariga ulangan. Kutubxonaga tashrif buyurganlar ushbu kompyuterlardan foydalanishi yoki o‘zlarining shaxsiy kompyuterlarini olib kelishlari mumkin.