Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning tavsiyanomaga ega bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Shunga ko'ra, 12–20-iyul kunlari litseyning bitiruvchilari bilan yakka tartibdagi suhbat jarayonlari ochiq va shaffof tarzda o‘tkazildi.
Yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari 26-iyul kuni Apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Apellyatsiya shikoyati bergan abituriyentlar 26-iyul 09:30 da TDYU 1-binosiga yetib kelishi zarur.