Buyuk Britaniyaning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri QS (Quacquarelli Symonds) tomonidan tashkil qilingan QS Stars reytingi natijalari e’lon qilindi (https://www.topuniversities.com/universities/tashkent-state-university-law). Unga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ichida birinchi bo‘lib Toshkent davlat yuridik universiteti ushbu ro‘yxatga kiritildi va 4 yulduzli universitet sifatida baholandi.
Ma’lumot uchun: QS Stars xalqaro reyting tizimi universitetlarni 13 ta yo‘nalish bo‘yicha baholaydigan, ko‘pqirrali metodologiya asosida tuzilgan reyting hisoblanadi. Mazkur reyting universitetlarni o‘qitish, tadqiqot, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanganlik darajasi, xalqarolashuv, akademik rivojlanish, universitetdagi qulayliklar, onlayn ta’lim, sohaviy reyting, o‘quv dasturlari kuchi, innovatsiya, san’at va madaniyat, ijtimoiy mas’uliyat va inklyuzivlik asosida baholaydi.