Университет
Вакансии
Образование Научно-инновационная деятельность
Международная деятельность
I-II квартал 2024 года
Студенческая жизнь Прием 2024 SDG
Русский
Oʼzbekcha English
Network error!
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti Tashkiliy nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi arxiv mudiri Abuova Bagdagul Uralbayevnaning (2023-yil 10–20-aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahri M.Narikbayev nomidagi QozDYU) HISOBOTI

2023-yil 10-12-aprel kunlari M.Narikbayev nomidagi QozDYUga kelib universitet bilan tanishib chiqdim. M.Narikbayev nomidagi QozDYU Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining 1591-sonli qarori bilan 1994-yil 14-martda tashkil topgan. Universitetda yurisprudensiya, iqtisod, moliya va biznes yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat,  magistratura va doktarantuta yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 4 ta maktab – Oliy gumanitar maktabi, Xalqaro iqtisodiyot maktabi, Oliy huquq maktabi va Biznes maktabi mavjud. Universitetning Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Oliy huquq maktabi direktori Bektiboyeva Olga Sergeyevna menga yo‘lboshchi sifatida biriktirildi. O.S.Bektiboyeva meni Oliy huquq maktabi professor-o‘qituvchilari bilan tanishtirdi. Mehnat huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilari N.L.Lutov va M.K.Xasenov boshchiligida maktabni yaqindan tanishtirish yuzasidan ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida maktab haqida ko‘plab qimmatli ma’lumotlar ega bo‘ldim. Shu bilan birga universitet devonxona va arxiv faoliyati, arxiv ishlarini yuritish, hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasini ishlab chiqish tartibi bilan tanishib chiqdim va ularda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari bilan tajriba almashdim.

2023-yil 13-14 aprel kunlari Oliy huquq maktabida ilmiy maktab ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Unda har bitta kafedra tomonidan master klass o‘tkazildi. 17-18-aprel kunlari oliy huquq maktabi tomonidan tuzilgan dars jadvali bo‘yicha darslarda ishtirok etib,  ma’lumotlarga ega bo‘ldim.

19-aprel kuni devonxona va  arxivning ish faoliyatini yanada chuqurroq o‘rganib, elektron hujjatlarning almashinuvini ta’minlash, elektron arxivlash va raqamlashtirish jarayoni bilan tanishish, bitiruvchilarning o‘qiganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarining elektron bazasini shakllantirish holati va professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ish stajini tasdiqlovchi arxiv ma’lumotlarning elektron bazasini shakllantirish jarayonini o‘rganish, elektron hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish tartibini tahlil qilib, tajribalar almashdim.

Bundan tashqari o‘quv boshqarmasida talabalarning shaxsiy yig‘majildlarini saqlash tartiblari bilan tanishib chiqdim. Qiziqarli tomoni shundaki, o‘quv boshqarmasi tomonidan talabalarning shaxsiy yig‘majildlarini saqlash uchun alohida xona ajratilib, unga alohida mas’ul xodim biriktirilgan.

Анонсы

Все анонсы