Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Doniyor Abdulazizov Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) jamoaviy harakatlar davra suhbatining muntazam yig‘ilishlarida ishtirok etadi.
Tadbirlar davomida davlat korxonalarining professional davlat mulki, xususiylashtirish va korporativ boshqaruvi sohasidagi xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalar muhokama qilinib, mazkur masalalar bo‘yicha O‘zbekiston amaliyoti ko‘rib chiqiladi.