O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan TDYU Talabalar turar joyi talabalari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotda kafedra professor-o‘qituvchilari O.Muhammedjanov, G.Yuldasheva, M.Rahimova, D.Abudullaeva, K.Xoliqulov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Tadbirda talabalar inson huquqlari bo‘yicha dolzarb masalalar bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Uchrashuv davomida eng bilimdon talabalarga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan badiiy va yuridik adabiyotlar sovg‘a qilindi.
TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti Sh.Rahmanov tomonidan Xalqaro huquq va qiyosiy huquq fakulteti 4-kurs talabalari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i Ayubxon Yunusov olib bordi
Mashg‘ulotda talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti faoliyati, vazifalari haqida ma’lumot berildi.
Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mashg‘ulotni “Dhaef Private Employment Agency” xorijiy mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Ravshan Atabaev olib bordi.
Mahorat darsida mutaxassis tomonidan migratsiya va migrantlarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik amaliyoti haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, R.Atabayev xorijiy davlat hududida migrantlar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq sodir bo‘lgan holatlar haqida so‘zlab berdi.
Mahorat darsida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi kafedrasi dotsenti Dilafruz Azimova tashabbusi bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotni “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki” AJ Akademiya filiali “Jismoniy shaxslarni kreditlash” bo‘limi boshlig‘i Shaxob Pardayev va yetakchi mutaxassislar Abdullo Ziyadullayev hamda Shaxnoza Saidova olib bordi.
Mashg‘ulotda bankning mohiyati, uning iqtisodiyot uchun ahamiyati, oddiy va murakkab foiz stavkalari, shuningdek, so‘nggi yillarda bank tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.
Mahorat darsi davomida talabalar bankdan olingan kreditlar bo‘yicha oddiy va murakkab foiz stavkalarini hisoblash hamda kreditni so‘ndirish grafigini tuzishni o‘rgandilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga mutaxassislardan javob oldi.
TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi Sarbinaz Rasbergenova tashabbusi bilan tashkil etilgan mashg‘ulotni Moldova Respublikasi Parlamenti Kengashining tenglik masalalari boʻyicha aʼzosi, shuningdek, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda inson huquqlari va kamsitilmaslik boʻyicha mustaqil maslahatchi Evgeniy Goloshchapov olib bordi.
Mashg‘ulotda nogironlar huquqlari va bu boradagi xalqaro standartlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ekspert Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini milliy qonunchilikka kiritish bo‘yicha o‘z tajribasi va amaliyoti bilan o‘rtoqlashdi.
Mahorat darsi yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Anjumanda O‘zbekiston nogironlar jamiyati vakillari, TDYU professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Huquqiy ta’minlash, tashqi aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshlig‘i Timur Ibadullaev ma’ruza qildi.
Seminarda atom elektr stansiyalari qurilishini huquqiy ta’minlash, xavfsizlikni ta’minlash, ushbu tadbirlarni monitoring qilish va moliyalashtirish, shuningdek, yadro qonunchiligi sohasida yosh huquqshunoslarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Toshkent davlat yuridik universiteti yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha 2021-yildan buyon hamkorlikda ishlaydi. Shu yili imzolangan memorandum doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) qoshida “Ombudsman klubi” ham tashkil etilgan.
Nazariya va amaliyot uygʻunligi tamoyili asosida universitet talabalari va magistrantlari darsdan soʻng Ombudsman instituti mutaxassislariga biriktirilgan holda murojaatlar bilan ishlash, qabullarda ishtirok etish kabi yoʻnalishlarda oʻz koʻnikmalarini oshirishlari mumkin.
Bundan tashqari, Ombudsman Kotibiyatining malakali xodimlari tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetida mahorat darslari ham muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
Yurist kadrlarning huquqiy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi master-klassda Ombudsman yetakchi maslahatchisi Azizbek Yuldashev ishtirok etdi. Amaliyotchi ekspertlar bilan oʻtkaziladigan shu kabi ochiq muloqotlar talabalarning inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimiga oid yangi bilimlarni egallash va ulardan foydalanish koʻnikmasini shakllantirishlariga xizmat qiladi.
TDYU “Mehnat huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mashg‘ulotni advokat, bloger Bahodir Ahmedov hamda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Ishlar boshqarmasining kadrlar bo‘yicha bosh inspektori Shuhrat Sotvoldiev olib bordi.
Mahorat darsida talabalar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
TDYU Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari Manzura Shamsitdinova, Nodira Xatamova, Gulhayo Bo‘riyeva tomonidan universitetning 3-talabalar turar joyida o‘tkazilgan tadbirda davlatimiz bayrog‘i haqida videorolik namoyish etildi, ma’lumotlar berildi va qiziqarli viktorinalar tashkil etildi.
Yakunda viktorina g‘oliblari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Davlat boshqaruvi akademiyasida sayyor dars tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat boshqaruvi” yoʻnalishi talabalari uchun sayyor dars tashkil etildi.
TDYU oʻqituvchisi N.Tuxtasinov tomonidan tashkil etilgan mahorat darsini Akademiya “Boshqaruv kadrlar malakasini oshirish va hududiy filiallar bilan ishlash” fakulteti dekani NematxonXamraxudjayev olib bordi.
Mashgʻulotda talabalarga davlat xizmatchilarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish, maʼmuriy boshqaruv tizimini rivojlantirish, faoliyatini tashkillashtirish va takomillashtirishni oʻrganish orqali davlat boshqaruvini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, Akademiya faoliyati, xalqaro hamkorlik masalalari, oʻquv dasturlari, yoʻnalishlar, imtihon tartibi toʻgʻrisida fikr yuritildi.
Tadbir soʻngida talabalar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Xalq konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti vakili, yuridik fanlari doktori Olimjon Narzullayev maʼruza qildi. U o‘z nutqida, yangilangan Konstitutsiya yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishini, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligini, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligini, insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etilishi va kafolatlanishi qayd etilganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
TDYU professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
TDYU professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Adliya vazirligining 2023-yil 30-avgust kunidagi 47/38/27/1/3032-sonli Qo‘shma qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikamizning Sirdaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida Ichki ishlar organlari, Prokuratura hamda Milliy gvardiya bo‘linmalari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
“Inson huquqlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovi hamda “Yangi O‘zbekiston – inson huquqlari” umummilliy mahorat darsi o’tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston – inson huquqlari” umummilliy mahorat darsi hamda universitetning bakalavriat va magistratura talabalari o‘rtasida “Inson huquqlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o’tkazildi.
Ko‘rik-tanlov ishlarini baholash natijasiga ko‘ra, har bir nominatsiya bo‘yicha 1-3 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professori v.b. Abdumuxtor Rahmonov va kafedra o‘qituvchisi Shohruhbek Tillaboyev Varshava universiteti (University of Warsaw, Polsha) Huquq fakulteti bakalavriat talabalari uchun ma’ruza qildi.
“Historical and Legal Heritage in the Republic of Uzbekistan. Legal System and New Constitution of Uzbekistan” mavzusidagi ma’ruzada talabalarga O‘zbekistonning boy tarixiy va huquqiy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ma’ruza davomida O‘zbekiston huquqiy tizimining asosiy xususiyatlari, Konstitutsiyaga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar xususida so‘z yuritilib, zamonaviy dunyoda huquqiy an’analar va innovatsiyalarni tushunish, turli huquqiy tizimlar o‘rtasida tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi.
Ma'lumot uchun: Varshava universiteti “QS World University Rankings 2024” reytingida 262-o‘rinni egallagan.
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkilotlarda mehnat qonunchiligi bo'yicha seminarlar tashkil etildi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida tashkil etilgan seminarda tashkilotning kadrlar bo‘limi xodimlari va buxgalterlar ishtirok etdi.
Mazkur seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov ishtirok etib, xodimlarga mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar, mehnat huquqlari hamda yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini haqida ma’lumot berdi.