Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali hamkorligida “Mehnat qonunchiligi: muhokama va yechimlar” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyatdagi davlat idoralari va tashkilotlarining inson resurslari, buxgalteriya bo‘yicha mas‘ullari va yuristlari ishtirok etdi.
Amaliy mashg‘ulotda Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov tomonidan ishtirokchilarga mavzu yuzasidan foydali ma’lumotlar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
Load More Post...