O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti delegatsiyasi “Open World” dasturi doirasida AQSHning Pitsburg universiteti Huquq maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari mazkur maktabning professor-o‘qituvchilari va xorijiy talabalari bilan uchrashdi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilarga Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul jarayoni bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.