University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

TDYU QS xalqaro reytingida 34-o‘rinni egallab turgan Fudan Universiteti bilan hamkorlik qiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoiy odil sudlov” fakulteti dekani Dildora Kamalova, xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Muxammadali Ramazonov, grantlar bo‘limi xorijiy mutaxassisi Yelena Guseletovadan iborat delegatsiyasi Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan Fudan universiteti (Fudan university)ga tashrif buyurdi.

Ikki oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda Fudan universiteti huquq maktabi dekani Vang Jichiang, huquq maktabi dekani o‘rinbosari Du Yifang va Fudan universiteti xalqaro departamenti mutaxassisi Jang Yining ishtirok etdi.

Uchrashuvda TDYU va Fudan universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Fudan universitetini Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston qonunchiligi bilan tanishtirish va ilmiy sohada aloqalarni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida hamkorlikda turli ilmiy loyiha va dasturlarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotchilarning qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini tashkil etish, o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, akademik almashuinuv dasturlarini tashkil etish hamda ikki oliy ta’lim muassasalari, talabalari va professor-o‘qituvchilari, xodimlarini ushbu dasturlarga jalb etishga kelishib olindi.

Muloqotda Fudan universiteti mutasaddilari almashinuv dasturlarida ishtirok etadigan TDYU talabalariga maxsus imtiyozlar taqdim etishni bildirib o‘tdi.

Bundan tashqari, ular Toshkent davlat yuridik universiteti bilan intellektual mulk, arbitraj va mediatsiya yo‘nalishida hamkorlik qilishga alohida qiziqish bildirib, TDYUda “Xitoy huquqi va Xitoy tadbirkorlik huquqi” markazini ochish va turli xalqaro grantlarda birgalikda ishtirok etishdan manfaatdorligini ma’lum qildi.

Yakunda TDYU va Fudan universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.