Toshkent davlat yuridik universiteti “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti hamda “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan seminar-treningni TDYU “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti dekani Atabek Babadjanov, fakultet xotin-qizlar kengashi raisi Dilnavoz Tadjibayeva va “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi mudiri Gulnora Nosirxodjayeva olib bordi.
Treningda Central Asian Legal Research Fellowship dasturi doirasida xorijiy tadqiqotchi, PhD Choudxouri Kaustav ishtirok etdi.
Shuningdek, seminar-treningda TDYU “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori Salomat Niyozova, “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Gulchehra To‘laganova va “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti v.b., falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xabiba Oblomuradova ma’ruza qildi.
Seminar-treningda “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakultetining professor-o‘qituvchilari va universitetning barcha fakultetlaridan talaba-qizlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan seminar-treningda talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.