University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

Qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihonlari yakunlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida tashkil etiladigan 6 oylik qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihonlari yakunlandi.

2023-yilning iyun-dekabr oylarida masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan kurslarga kirish imtihonlari TDYU rektori buyrug‘i bilan tuzilgan Imtihon komissiyasi tomonidan nizom talablariga asosan suhbat tarzida o‘tkazildi.

Kirish imtihonlarida ishtirokchilarning huquq sohasidagi tayanch bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Bu jarayonda ularning tahliliy fikrlariga alohida e’tibor qaratildi.

Imtihonlarning adolatli, ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida suhbat jarayonlari YouTube platformasi orqali translyatsiya qilib borildi.

Kirish imtihonlari natijalari bugun e’lon qilinadi.