Til
Tajriba
Qo`shimcha ma`lumotlar
Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi dotsenti
Tug'ilgan sanasi: 1957-yil 15-oktabr.
Xorijiy tillarni bilishi: rus tilida dars mashg'ulotlarini olib boradi.
Ish tajribasi:
Yuridik sohada jami 43 yil ish stajiga, shu jumladan 38 yillik pedagogik stajga ega.
2007-yilda “Aholiga savdo xizmati ko'rsatishning fuqarolik huquqiy masalalari” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan.
1998-yilda Budapesht Ochiq jamiyat va Markaziy Yevropa universitetida; 2005, 2008-yillarda O'zbekiston Respublikasi Yuristlar malakasini oshirish markazida; 2015-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste'dod jamg'armasida; 2020-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha professional o'qitish markazida malaka oshirgan.
100 dan ortiq maqola, 3 ta monografiya (hammualliflikda), 9 ta darslik (hammualliflikda), 20 ga yaqin o'quv hamda o'quv-uslubiy qo'llanmalar, risolalar, kodekslarga sharhlar (hammualliflikda) chop etgan.
Muallif ilmiy ishlari havolasi: https://scholar.google.com/citations?user=2mMZSn0AAAAJ&hl=ru