University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2024 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

Xadicha Sulaymonova nomidagi stipendiya ta’sis etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan akademik Xadicha Sulaymonova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan universitet talabalari va universitet qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari uchun Xadicha Sulaymonova nomidagi stipendiya ta’sis etildi.

Akademik Xadicha Sulaymonovaning ilm-fan rivoji, huquqiy davlat barpo etishdagi harakatlari, ibratli hayot yo‘li, ilmiy-madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatayotgan, bilimli, ijtimoiy faol va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishda munosib ishtirok etib kelayotgan talaba va o‘quvchilarni munosib rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan mazkur stipendiya uchun tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich: Test sinovi;
2-bosqich: Ishtirokchilarning ilmiy ijodiy va ijtimoiy faolliklarini baholash.

Stipendiatlar 10 oy davomida bazoviy stipendiyaning bir yarim baravari (talabalar) va bir baravari (o‘quvchilar) miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi

Stipendiya haqida batafsil ma’lumot olish uchun @shoxrux9418 telegram manziliga murojaat qiling.

Latest news

All news