University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2024 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat boshqaruvi” kafedrasi dotsenti v.b. Azimova Dilafruz Mirzatullayevnaning 2023-yil 2-15 aprel kunlari Butunrossiya davlat adliya universiteti (Rossiya Adliya vazirligi RPA) Sankt-Peterburg instituti (filial)ga xizmat safari bo‘yicha HISOBOTI

2023-yil 2 aprel kuni Toshkent davlat yuridik universiteti bilan Butunrossiya davlat adliya universiteti (Rossiya Adliya vazirligi RPA) Sankt-Peterburg instituti (filial) o‘rtasidagi amalga oshirib kelinayotgan hamkorlikning natijalari hamda kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan loyihalarni tahlil qilish maqsadida universitet rektori maslahatchisi Shumaryova Oksana Anatolyevna bilan tanishdim  va menga yo‘lboshchi sifatida biriktirildi.

3-aprel kuni Yurisprudensiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Zenichev Nikolay Andreyevich bilan uchrashib, 6-13-14-aprel kunlari “Iqtisod” va “Korporativ boshqaruv” modullari bo‘yicha 1-kurs bakalavriat va           2-kurs magistratura tinglovchilariga mashg‘ulotlar o‘tkazishim belgilab olindi.

4-5-aprel kunlari Yurisprudensiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Zenichev Nikolay Andreyevich meni universitet professor-o‘qituvchilari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya tashkil etdi. Ekskursiya davomida universitet haqida ko‘plab qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Shu bilan birga “Davlat boshqaruvi” qo‘shma diplomli qo‘shma dasturni tashkillashtirish, talabalarni jalb etish, o‘quv jarayonini tashkil etish hamda talabalarning ikkala universitetda ta’lim olishlarini ta’minlash masalalari bilan yaqindan tanishdim va ularda amalga oshirilgan ishlar bo ‘yicha bilim va ko‘nikmalari bilan tajriba almashdim.

6-aprel kuni 1-bosqich bakalavriat bosqichi talabalariga Iqtisod fani doirasida “Ratsional iste’mol” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdim.

7-8-9-aprel kunlari o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida “Tadbirkorlik huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi Guseyev Aleksandr Yuryevich va Morozova Lyudmila Konstantinovna  tomonidan tashkil etilgan treningda qatnashdim. Trening judayam foydali bo‘lib, unda o‘quv jarayonida interaktiv usullarni qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldim.

10-aprel kuni Butunrossiya davlat adliya universiteti (Rossiya Adliya vazirligi RPA) Sankt-Peterburg instituti (filial) ilmiy bo‘lim boshlig‘i Vidrina Yevgeniya Olegovna bilan ikki tomonlama professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etiladigan treningda qatnashish, ilmiy maqolalarni nashr etish,  xalqaro ilmiy konferensiyalar tashkil etish borasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishib olindi.

11-12-aprel kunlari har bir kurs kesimida Butunrossiya davlat adliya universiteti (Rossiya Adliya vazirligi RPA) Sankt-Peterburg instituti (filial) talabalarni memorandum asosida jalb qilish, Toshkent davlat yuridik universiteti haqida ma’lumot yetkazish, TDYUga o‘qishga qiziqishlarni oshirib va ikkitomonlama hamkorlikni quchaytirish maqsadida TDYU haqida video-rolik ko‘rsatilib, universitening afzalliklarni yoritib berildi.

13-14-aprel kunlari 2-kurs magistratura tinglovchilariga “Korporativ boshqaruv” moduli doirasida “Korporativ madaniyat”, “Korporativ qaror tartibi” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdim. Shuningdek, 14-aprel kuni Butunrossiya davlat adliya universiteti (Rossiya Adliya vazirligi RPA) Sankt-Peterburg instituti (filial) rektori maslahatchisi Shumaryova Oksana Anatolyevna bilan yana bir bor uchrashib, xalqaro hamkorlikni yo‘nalishlarini yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

 

Xizmat safari bilan bog‘liq ketish-kelish avia-chipta xarajatlari quyidagicha:

-                Toshkent-Moskva,

-                Moskva-Sankt-Peterburg,

-                Sankt-Peterburg-Toshkent bilet narxi – 6 400 000 so‘m.

-                Kunlik xarajatlar

Announces

All announcements