University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2024 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

Targ‘ibot poyezdi: yangilanayotgan Konstitutsiya inson qadri va manfaati uchun xizmat qiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Men befarq emasman” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi davom etmoqda.

Loyihaning navbatdagi kunida targ‘ibot guruhlari respublikamizning 14 ta hududidagi oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, harbiy qismlar, aholi yashash manzillari, “Adliya sayili”, xususan, Baxmal tumani “O‘smat” shaharchasi, G‘allaorol tumani Jamoat salomatligi texnikumi, Jizzax shahrida joylashgan Hindistonning Sabram universiteti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti, Termiz davlat pedagogika instituti, Rishton tumani Al-Marg‘iloniy nomidagi istirohat bog‘i, Navoiy viloyatidagi xalq sayili, Qarshi xalqaro universteti, Namangan davlat universiteti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, TDTU Olmaliq filiali, Yangiyer shahar tibbiyot kolleji, Yangiyer pedagogika kolleji, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va boshqa qator muassasalarga tashrif buyurib, aholi, jumladan, talaba-yoshlar, o‘quvchilar bilan turli uchrashuv, seminar, davra suhbatlari o‘tkazdi.

Tadbirlarda ishtirokchilarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, yangilanayotgan moddalar, kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berilib, mazkur yangiliklar, avvalo, inson qadri va manfaati uchun xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, targ‘ibot guruhlari tomonidan turli viktorina va tanlovlar tashkil etilib, ularning g‘oliblariga badiiy va yuridik adabiyotlar taqdim etildi.

Loyiha doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Latest news

All news