University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2024 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

Govxerjan Yuldasheva Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida tashkil etilgan o‘quv kursida ma’ruza qildi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida “Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning xalqaro standartlari: amaliyot va hisobot” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasining 45 yilligi, Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning 40 yilligi hamda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 35 yilligiga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda tinglovchilar uchun Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professori Govxerjan Yuldasheva ma’ruza qildi.

Ma’ruza davomida Govxerjan Yuldasheva tomonidan inson huquqlarining muhim jihatlari va O‘zbekiston Respublikasining bu boradagi xalqaro majburiyatlari haqida ma’lumot berildi.

Announces

All announcements