--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Axborot-resurs markazi
Markaz haqida

Axborot-resurs markazi

Shior:

“Ta’lim, ilm-fan va ma’naviyat rivoji yo‘lida ishonchli axborot makoni”.

Maqsad

Axborot-resurs markazining asosiy maqsadi talabalar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda boshqa foydalanuvchilarni o‘quv, ilmiy, badiiy va xorijiy adabiyotlar bilan tezkor, to‘liq va sifatli ta’minlash, zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini an’anaviy va raqamli axborot resurslari bilan samarali qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Markaz universitetda amalga oshirilayotgan ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda faol ishtirok etib, yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

·         kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

·         foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish;

·         ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini axborot bilan ta’minlash;

·         universitetning ma’naviy-ma’rifiy muhitini mustahkamlash;

·         elektron axborot bazalari va raqamli kutubxona fondini shakllantirish va rivojlantirish;

·         foydalanuvchilarning axborot madaniyatini yuksaltirish.

Vazifalar

Axborot-resurs markazi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

1. Ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash

·         o‘quv dasturlari va ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq adabiyotlar fondini shakllantirish va muntazam boyitib borish;

·         darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy nashrlar va boshqa zarur adabiyotlarni yangilash;

·         foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish.

2. Ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash

·         professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni zarur ilmiy manbalar bilan ta’minlash;

·         milliy va xalqaro elektron axborot bazalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

·         ilmiy tadqiqotlar olib borishda bibliografik va metodik yordam ko‘rsatish.

3. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish

·         kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;

·         yoshlar orasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish;

·         tarixiy, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy mavzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish.

4. Faoliyatni raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish

·         elektron kataloglar va ma’lumotlar bazalarini shakllantirish hamda yuritish;

·         axborot-kutubxona faoliyatiga zamonaviy dasturiy vositalar va texnologiyalarni joriy etish;

·         foydalanuvchilarning axborot resurslaridan masofaviy foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Loyihalar, klublar va to‘garaklar

Markaz faoliyati doirasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, talabalarning intellektual salohiyatini oshirish va ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi loyihalar va tashabbuslar amalga oshiriladi:

·         Bookcrossing — kitob almashish va mutolaa madaniyatini targ‘ib qilish loyihasi;

·         Yozgi kitobxonlik challenge — yozgi ta’til davrida kitobxonlikni rag‘batlantirishga qaratilgan mavsumiy loyiha;

·         “Men tavsiya qilaman” — kitobxonlar o‘rtasida kitob tavsiyalarini almashish tashabbusi;

·         “Zakovat” intellektual o‘yinlari — talabalarning bilim va intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan musobaqalar;

·         Volontyorlar tashabbuslari — ijtimoiy, ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etish hamda ularda talabalarning ishtirokini ta’minlashga qaratilgan faoliyat.


Qabul bo'yicha murojaat boti