Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Markazlar

"Elektron universitet" markazi

Markaz haqida: Markaz universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, axborot-kommunikatsiya vositalari va boshqa texnik jihozlarning dasturiy ta’minoti bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.

Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi

Markaz haqida: Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son va 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmonlari, 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3698-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 27-maydagi “Toshkent davlat yuridik universiteti boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 92-um-son buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan.

Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi

Markaz haqida: Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun samarali, qulay va tezkor xizmat turlarini taqdim etish, shuningdek, universitetning tarkibiy bo‘linmalari hamda professor-o‘qituvchilar bilan talabalar o‘rtasida muloqotning yangi formatini joriy etishni amalga oshiradi.

Axborot-resurs markazi

Markaz haqida: Axborot-resurs markazi — Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus tuzilmasi bo‘lib, ta’lim sohasida yuksak maqsadlarga erishishda universitetning sherigi hisoblanadi va faoliyatning barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi: ta’lim, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishni ta’minlashda faol ishtirok etadi. Biz professor-o‘qituvchilar va boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda ta’lim va tadqiqot jarayoniga innovatsion va dasturiy yordam beramiz.

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi

Markaz haqida: Biz universitet talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unligini ta'minlash, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz yuridik maslahatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishni maqsad qilganmiz.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Markaz haqida: Ma’naviyat va ma’rifat markazi – talabalar hayotida sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ularni madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik sohalariga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish, ijodiy qobiliyatini aniqlash va rivojlantirishga ko’maklashish, talabalarda mafkuraviy immunitetni hosil qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ularning faolligini oshirish, ilmiy hamda ma’naviy klublar faoliyatini rivojlantirish orqali talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlarini to’g’ri tashkil etishdan iboratdir.

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi

Markaz haqida: Yuridik klinika O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “ESTE PRIME”, Interlex advokatlik firmasi, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Юридик клиника

Markaz haqida: Биз университет талабаларнинг назарий билимларини амалиёт билан уйғунлигини таъминлаш, талабаларда амалий кўникмаларни ривожлантириш ҳамда жисмоний ва юридик шахсларга беғараз юридик маслаҳатлар кўрсатиш билан боғлиқ фаолиятни амалга оширишни мақсад қилганмиз.