Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

University Foundation Program

Ushbu qo‘shma tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tugatganlar Buyuk Britaniya universitetlariga imtihonsiz qabul qilinadi

Toshkent davlat yuridik universiteti va Buyuk Britaniyaning Brooke House College o‘rtasida “University Foundation Programme” qo‘shma tayyorlov kursi yo‘lga qo‘yildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan onlayn uchrashuvda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Said Rustamov, TDYU rektori Rahim Hakimov va Brooke House College direktori Djayls Uilyams hamda O‘zbekistondagi Brooke House College vakili Shuhrat Ernazarov ishtirok etdi.

ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan tadbirda mazkur hamkorlikning maqsad-vazifalari, mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritildi. Toshkent davlat yuridik univeriteti va Brooke House College o‘rtasida o‘tgan yili imzolangan memorandumning amaliy ifodasi sifatida bugun “University Foundation Programme” qo‘shma tayyorlov kursini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda universitetda darslar to‘liq Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System) asosida amalga oshirilmoqda. Universitetda ta’lim sifatini oshirish, xalqaro darajada ta’lim berishga erishishni ta’minlash maqsadida dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari, turli tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari, kelishuv va anglashuv shartnomalari imzolanib, birgalikda turli loyihalar amalga oshirilmoqda.

“University Foundation Programme” qo‘shma tayyorlov kursi ham ushbu chora-tadbirlarning mantiqiy davomidir.

Toshkent davlat yuridik univeriteti va Brooke House College o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, qo‘shma tayyorlov kursi ikki mamlakat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarni ingliz tilida shartnoma asosida o‘qitishni ta’minlaydi. O‘quv kursini chet ellik va ingliz tilini mukammal darajada biladigan mahalliy o‘qituvchilar olib boradi.

“University Foundation Programme” qo‘shma tayyorlov kursi “Yuridik xizmat”, “Biznes va moliya”, “Kommunikatsiya va media” va “Ingliz tili” yo‘nalishlari bo‘yicha davomiyligi 1 yil bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.

Kursni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlar Buyuk Britaniyaning 70 dan ortiq universitetlarida bakalavr bosqichiga qabul imtihonlarisiz talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Uchrashuv yakunida TDYU, Brooke House College hamda Brooke House College ning O‘zbekistondagi vakilligi o‘quv kursi o‘rtasida “University Foundation Programme” qo‘shma tayyorlov kursini ochish va yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuv bitimi imzolandi.

Ma’lumot uchun, Brooke House College 1967-yilda tashkil topgan bo‘lib, Buyuk Britaniyaning o‘quv rejasi bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim bosqichida o‘qishni istagan o‘quvchilar uchun xalqaro kolleji hisoblanadi. “University Foundation Programme” kursi esa, abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash, ularni Buyuk Britaniya universitetlarida o‘qish jarayoniga moslashishi, chet tillarini mukammal o‘rganishi va oliy ta’limning barcha talablariga javob beradigan qo‘shimcha akademik ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga ko‘mak beradi.