Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti tibbiy markaz haqida

MA’LUMOT

Toshkent davlat yuridik universiteti tibbiy markazi universitetning 3-binosida joylashgan bo`lib, talabalarning hamda universitet o`qituvchi-professor, xodimlarning sog`ligi bilan muammo yuzaga kelganda ularga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatishga ixtisoslashgan. Toshkent davlat yuridik universiteti tibbiy markazi 2 ta xonadan iborat bo`lib, 1-xona bemorni qabul qilish xonasi va 2-xona birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatish xonasi hisoblanadi.

1-xona, ya`ni bemorni qabul qilish xonasida asosan dastlabki ko`rik hamda bemorni ro`yxatgaolish ishlari amalga oshiriladi. Agar bemorning ahvoli birinchi tez tibbiy yordamga muhtojligianiqlansa, 2-xonaga o`tkaziladi.

2-xona, ya`ni birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatish xonasi bo`lib, unda birinchi tibbiy yordamuchun kerakli bo`lgan barcha jihozlar hamda dori-darmonlar mavjud.