Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Hujjatlar ro‘yxati va topshirish muddati

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qishga kirish uchun har yili 1 iyuldan 30 iyulgacha (shu kuni ham) bo‘lgan muddatda ro‘yxatdan o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qishga kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda quyidagi ma’lumotlar elektron ravishda kiritaladi:

pasport (ID-karta) seriyasi, raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami;

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) berilgan ta’lim muassasasi nomi, seriyasi, raqami;

muayyan imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar seriyasi, raqami, berilgan vaqti (chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (International English Language Testing System (IELTS), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT), Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber (TestDaF), Test de Connaissance du Français (TCF), Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Cambridge English Qualifications, Goethe Certificate va hokazo) sertifikatlari, davlat stipendiyalari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi hujjat) — mavjud bo‘lganda.