Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi
Shiorimiz: Tezkorlik, ochiqliq va aniqlik
Toshkent davlat yuridik universiteti Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF–5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining
2020-yil 21-oktyabrdagi 194–um-son “O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 27-maydagi “Toshkent davlat yuridik universiteti boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 92–um-son buyrug‘iga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan.
Bizning maqsadimiz:
Universitet hayotida ro‘y berayotgan jarayon va yangiliklardan jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini o‘z vaqtida, tezkor va aniqlik bilan xabardor etish, universitetning ijobiy imijini shakllantirish va universitet haqida jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda bu orqali universitetning xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashiga ko‘mak berishdir.
Bizning vazifalarimiz:
– universitet faoliyati haqida jamoatchilikka to‘liq va tezkor axborotlarni taqdim etib borish;
– universitetning ijobiy imijini shakllantirish va universitet haqida jamoatchilik fikrini o‘rganish;
– axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish;
– muntazam ravishda OAVda universitet rahbariyatining chiqishlarini tashkil etish;
– universitet faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
Bizning loyihalarimiz:
– “TSUL SMM” yosh jurnalistlar va blogerlar klubi;
– “The TOP” — intervyu va ko‘rsatuvlar;
– “TSUL 24” — universitet korporativ telekanali;
– “TSUL creative studio” — talabalarga grafik muharrirlar bilan ishlash va turli taqdimotlar yaratishni o‘rgatish klubi;
– “TSUL Tik-tok”
Bizning xodimlarimiz:
Haydarov Jahongir Anvarovich — bo‘lim boshlig‘i.
Maʼlumoti — oliy. 2019-yilda TDYU bakalavriat bosqichini, 2020-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — yurist.
Ismanova Nargiza Husanovna — bosh mutaxassis.
Maʼlumoti — tayanch oliy. 2013-yilda O‘zDJTU “Rus filologiyasi” fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi — filolog.
Urinov Ulug‘bek Esonboyevich — yetakchi mutaxassis
Bizning manzil:
Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 2-o‘quv binosi, 303-xona
Murojaat uchun telefon: 233-66-36, 1034 (ichki)
Elektron pochta: press@tsul.uz